Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi katta o'qituvchisi Teatr va kino aktyori Sherzod Maxmashukurov tadbir mehmoni bo'ldi.
🟢Sportchi talabalar bilan kaskadyorlik ishlari bo'yicha va suratga tushgan filmlari, syomka jarayonlari haqida suhbatlashildi. Qolaversa talabalarni qiziqtirgan bir qancha savollariga javob berildi.
🟡Qizg'in ijodiy suhbatdan so'ng Sherzod Maxmashukurovning "Vatan ostonasi" hamda "Meros" filmlaridan aktyor ishtirok etgan sahnalari tomosha qilindi.
💬Aktyor Sherzod Maxmashukurov bundan tashqari "Odamlar orasida", "Bobomning qilichi", "Daydi qizning daftari", seriallari hamda "Uzuk", "Xoja jahon Abdulxoliq G'ijduvoniy", "Hayot", "Qotillar o'yini", "Kasseta" kabi bir qancha filmlarda rollar ijro etgan.