✔️Universitet talabalarining amaliy mashg‘ulot jarayonlari sport tashkilotlarida bo‘lib o‘tmoqda.
🔺Sport ta’limi sohasida dual ta'lim bo'yicha amaliy va nazariy bilimlarni integratsiya qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tizim endilikda o‘z samarasini bermoqda.
🟡 Xususan, joriy yilning 29-oktabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi oʻqituvchisi "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, 2 karra Jahon chempioni 2003, 2005 yillarda, 3 karra Olimpiyada o'yinlari ishtirokchisi, Mansurov Dilshod Ismatovich talabalar bilan Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan o‘rnatilgan dual ta'lim tizimi yuzasidan navbatdagi amaliy mashg‘ulot jarayonlarini o‘tkazishdi.
🤼♂️ Navbatdagi mashg‘ulotlar sport kurashlari hisoblangan Erkin va Yunon-rum kurashi bo'yicha olib borildi.
🗣Yuqorida jarayonga oid fotolavhalar e’tiboringizga havola etilmoqda.