✅OʻzDJTSU va “Shanghai Youth Sport Federation” oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda
🔺Bugun, 28-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida (OʻZDJTSU) Xitoyning “Shanghai Youth Sport Federation” tashkiloti vakillari bilan onlayn uchrashuv (Zoom meeting) bo‘lib o‘tdi.
🗣Mazkur uchrashuvda OʻZDJTSU tomonidan xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Jasur Zarifbayev, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining oliy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Muqim Arziqulov, strategik rivojlanish va xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshlig‘i Rashid Burnashev hamda tennis, badminton va stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shaxnoza Saidova ishtirok etdilar.
🟡Xitoy tomonini esa “Shanghai Youth Sport Federation” xalqaro almashinuv va hamkorlik markazi direktori Shirley Feng hamda “BTONE Group” kompaniyasining xalqaro hamkorlik boʻlimi direktori Ye Wenbing vakillik qildilar.
💠Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha almashinuv dasturlarini rivojlantirish, ikki davlatda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot lagerlarini tashkil etish, murabbiy va hakamlarni tayyorlash bo‘yicha onlayn va oflayn seminarlar o‘tkazish, shuningdek, “O‘zbekiston–Xitoy Do‘stlik kubogi” yoshlar turnirini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🟢Tomonlar shuningdek akademik va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish hamda o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum (MoU)ni tayyorlash bo‘yicha kelishib oldilar.
✅Uchrashuv yakunida ikki tomon sport sohasida, xususan stol tennisi yo‘nalishida yoshlar almashinuvi va xalqaro musobaqalar orqali hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
📶Mazkur uchrashuv OʻzDJTSU va “Shanghai Youth Sport Federation” oʻrtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.