Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Chirchiq shahar prokurorining katta yordamchisi L. Zamitova, Chirchiq shahar prokurori yordamchisi D. Davlatov, Chirchiq Shahar 3-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i F. Turdiboyev, universitet prorektorlari N. Dusanov, B. Musayev, rektor maslahatchisi U.Turakulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S. Risboyev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Chirchiq shahar prokurorining katta yordamchisi Lobar Zamitova va Chirchiq shahar prokurori yordamchisi Davlat Davlatovlar Muhtaram yurtboshimiz tomonidan taʼlim sohasiga berilayotgan eʼtibor, yaratilgan qulay shart sharoitlar haqida qisqacha to‘xtaldi. Jumladan, mamlakatimiz taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, taʼlimdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilariga korrupsiya, poraxo‘rlik, taʼmagirlik, xodimlarni nopok yo‘llarga kirishidan qaytarish mavzularida tushuntirishlar berib, bunday holatlarni oldini olishda barcha birdek masʼul ekanligini taʼkidlashdi.
Uchrashuv davomida Chirchiq Shahar 3-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i Fazliddin Turdiboyev ham so‘z olib, mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini va takliflari bildirib o‘tdi.