🌎 Universitet tyutorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushuncha berish maqsadida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi.
✍️Tanlovda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, giyohvandlikka qarshi kurash, sog‘lom hayot tarzi va yorqin kelajak g‘oyalarini o‘z ijodiy ishlarida aks ettirdilar.
✅Tanlov yakunida eng yaxshi rasmlar mualliflari munosib ravishda taqdirlanib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.