Ma’lumki, joriy yilning 12–17-aprel kunlari Toshkent shahrida sport olamining yirik voqealaridan biri — taekvondo (WT) bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi XV Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 115 ta davlatidan 1 547 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
🗣Bugun mazkur chempionat doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan 18-Kukkivon Prezidenti Yun Ung Suk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurdi.
⏺Tashrif davomida mehmonlar dastlab universitet muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.
💬Uchrashuv avvalida Yun Ung Sukga universitetning “Faxriy doktori” unvoni diplomi tantanali ravishda topshirildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda sport ta’limi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Jumladan:
🟢Muzokaralar jarayonida sport ta’limini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinib, xususan, sport biomexanikasi hamda sport psixologiyasi sohalarida Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish, shu bilan birga qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Shuningdek, iqtidorli talabalar va murabbiylar uchun Janubiy Koreyaning nufuzli akademiyalarida malaka oshirish hamda tajriba almashinuvi dasturlarini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
🟢 Kukkiwon bilan hamkorlikda universitet negizida xalqaro toifadagi murabbiylar va hakamlarni tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.
🟢 Shu bilan birga, ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida Koreyaning innovatsion metodikalari hamda zamonaviy IT-texnologiyalarni o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga samarali tatbiq etish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
🌎Uchrashuv yakunlangach, delegatsiya vakillariga universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
✍️Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sport ta’limi sifatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.