Mazkur memorandum universitet rektori R.Matkarimov va Respublika futbol akademiyasi direktori B. Karimjonov tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra har bir shaxsning futbol bilan muntazam shug‘ullanish huquqidan kelib chiqib, tenglik, o‘zaro hurmat, manfaatdorlik, mas’uliyat va ochiqlik tamoyillariga amal qilgan holda, futbol sohasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada kengaytirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar.
🗣️Shuningdek, memorandumda futbolni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar, innovatsion loyihalar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, trenerlar malakasini oshirish va boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni tashkil etish, dual ta’limni keng yo‘lga qo‘yish va o‘zaro hamkorlikning bardavom mexanizmini yaratish kelishib olindi. Mazkur memorandum sheriklik, o‘zaro ishonch, javobgarlik, hamjihatlik va uzoq muddatli strategik hamkorlik tamoyillari asosida imzolandi.
⏩Ushbu memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:
Tomonlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradilar:
➡️sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishish uchun salohiyatli futbolchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash;
➡️elita futbol tizimida ichki raqobatni kuchaytirish orqali yuqori malakali futbolchilar zaxirasini kengaytirish;
➡️o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida futbol sport turini kompleks rivojlantirish, ommabopligini oshirish va iqtidorlarni aniqlash;
➡️futbol yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy futbol fani, ilmiy-tadqiqotlar va sport infratuzilmasini rivojlantirish;
➡️qo‘shma futbol musobaqalari, turnirlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va seminarlarni tashkil etish hamda o‘tkazish;
➡️Tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida futbol sohasining boshqa istiqbolli yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
➡️O‘ylaymizki ushbu memorandum yurtimiz futbolini yanada rivojlanishi va futbol sohasini taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning amalga oshirilishi kelajakda universitetimizning Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ixtisoslik talabalari uchun yanada ulkan imkoniyatlarni yaratib, futbol sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat hamda amaliyotni integrasiyalashuvini ta’minlaydi. Bu esa yurtimiz futboli uchun o‘z samarasini bermay qolmaydi.