📑18-yanvar kuni Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Men g‘olib” yugurish musobaqasida faol ishtirok etdilar.
🏆Mazkur musobaqada Yengil atletika ixtisosligi YA-01-22 guruhi talabasi To‘ychiyev Nasimbek yuksak sport mahoratini namoyon etib, 3 000 nafar atlet orasidan faxrli 3-o‘rinni egalladi.
🗣Ushbu natija kafedra jamoasi va talabalari uchun quvonarli bo‘lib, yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, irodasi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasi bo‘ldi.