2026-yil 5-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 2025/2026 o‘quv yili bitiruvchilari bandligini ta‘minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, biznes rejalarni tayyorlash va uni amaliyotda joriy qilishni o‘rgatish maqsadida, “Seminar trening” o‘tkazildi.
➡️Ushbu seminar treningda:
🔘O‘zmilliybank” AJ Toshkent viloyati huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi menejerlari M. Safarov, E. Nasimov,
🟣Toshkent viloyati savdo sanoat palatasining bo‘lim boshligi Sh.Irsoliyev,
🔴Tadbirkor “MEHRGOH” MCHJ direktori:Sh. Abduxakimova,
🔘Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori E.Rahmonov ishtirok etib, “Kelajakka qadam” loyihasining mazmun-mohiyati, bitiruvchilarni to‘liq ish bilan ta’minlash va ularning bandligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyat va afzalliklar haqida atroflicha maʼlumot berib o‘tildi.
⚡️Mazkur tadbir bitiruvchi talabalarning mehnat bozoriga moslashuvi, kasbiy faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishi hamda kelgusidagi rejalari bo‘yicha muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.