Ma’lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan sport ta’limi sohasida nazariy bilimlarini amaliyot bilan integratsiya qilish maqsadida dual ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💠Jumladan, 2026-yil 6-fevral kuni universitetning Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi bilan hamkorlikda sport gimnastikasi va badiiy gimnastika ixtisosligi talaba-yoshlariga Maxsus badan tarbiya mashqlari, mumtoz raqs xarakatlari hamda buyumsiz bajariladigan mashqlar bajarildi. (To'lqinlar, siltanishlar va raqs elementlari, turli burilish mashqlari) element mashqalar hamda qizdiruvchi mashqlar mavzusida professor-o‘qituvchilar va tajribali murabbiylar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
👦Ushbu mahorat darsida Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Sh.Narziyeva, direktor o‘rinbosari L.Gnusenkova, maktab katta murabbiyi S.Kuznetsova o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar.