Musobaqalar boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika, erkin kurash, ayollar kurashi, yunon-rum kurashi, yengil atletika, badiiy gimnastika, stol tennisi, basketbol 3x3 sport turlari bo‘yicha 15-17 yoshdagi sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.
📍”Prezident olimpiadasi” musobaqalari Olimpiya shaharchasi sport inshootlarida, badiiy gimnastika boʻyicha musobaqalar Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida, og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalar esa Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tadi.