Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Sport psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori b.f.d., Korobeynikova Lesya Grigoryevna ushbu xalqaro konferensiyada ishtirok etib, “Turli yoshdagi elita sportchilarda stressga chidamliilk xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
✔️Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekistonning yetakchi psixolog olimlari, ta’lim sohasining fidoyi mutaxassislari, shuningdek Angliya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Qozog‘iston va Xitoy davlatlaridan tashrif buyuradigan malakali ekspertlar ishtirok etidilar.
🗣️Global barqaror rivojlanishning zamonaviy talablari asosida
inson kapitalini rivojlantirish, uning psixologik, ijtimoiy va boshqaruv jihatlarini chuqur tahlil etish hamda ushbu omillar asosida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar borasida fikr almashish forumning asosiy maqsadi hisoblanadi.
✅Mazkur tadbir ta’lim va psixologiya sohasida xalqaro tajriba almashish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va hamkorlik istiqbollarini belgilash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.