🌎“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining final bosqichi — Prezident Olimpiadasining dastlabki ishtirokchilari poytaxtimizga yetib kelishdi. Tongda Toshkent Janubiy vokzalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shuningdek, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan yosh sportchilar tantanali qarshi olindi.
✔️Mehmonlar tashkilotchilar va volontyorlar tomonidan iliq kutib olinib, ishtirokchilar uchun tayyorlangan dastur asosida yashash manzillariga kuzatib qoʻyildi.
📑Musobaqalarning og‘ir atletika turi Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan og‘ir atletika yo‘nalishi ishtirokchilari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyiga joylashtirilmoqda.