O‘zbekistonda ekotizimlarni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil davom etmoqda.
🌳 Bugun, 22-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi tomonidan navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar va talabalar faol ishtirok etib, universitet hududida mahalliy iqlimga mos 500 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
🌿 Mazkur tashabbus ekologik madaniyatni oshirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish va atrof-muhitni asrashga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
Ma'lumot o'rnida bugungi kunga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet va unga tutash hududlarga yil boshidan buyon 1000 tupdan ziyod daraxt ko'chatlari o'tqazildi.