🏆20-30-sentabr kunlari toshkent shahrida shaxmat sporti bo‘yicha Zaif eshituvchilar o‘rtasida IV Osiyo chempionati va XIII xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda.
✔️Quvonarlisi mazkur nufuzli turnirda ishtirok etgan universitetimizning shaxmat ixtisosligi talabalari Marsel Shoyusupov hamda Kamron Davronbekovlar g'oliblar qatoridan joy oldilar.
🟡Marsel Shoyusupov shaxmatning blitz turnirida 1-o‘rin, standart turnirida 19 yoshlilar o‘rtasida 2-o‘rinni egalladi.
🔺Kamron Davronbekov esa shaxmatning OPEN guruhida 2-o‘rinni egalladi.
🗣Talabalarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ham ularga omad tilaymiz.