🔺2025-yil 24-sentabr kuni Rossiya sport universiteti (GSOLIFK)da “Zarba berishga asoslangan jangavor sport turlarining nazariyasi va uslubiyati” mavzusidagi V Rossiya ilmiy-amaly anjumanida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri p.f.d. (DSc), professor B.Musayev hamda kafedra dotsenti, p.f.n., Z.Kasimbekov anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
✔️Shuningdek mazkur universitetga tashrif doirasida Ilmiy tadqiqot instituti direktori professor Levushkin Sergey Petrovich bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda sohadagi yangilik va innovatsiyalar haqida fikrlar almashildi. Ikki tamonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
✍️"Biomexanika va tabiiy-ilmiy fanlar" kafedrasi mudiri p.f.d., professor Popov Grigoriy Ivanovich bilan uchrashuvda esa biomexanika laboratoriyasi bilan tanishilib, kelgusida ushbu yo'nalishda universitetlararo ilmiy ishlarni yo'lga qoyish borasida kelishib olishdi.