➡️O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 24-sentabr kuni "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan "Xotin-qizlar" ishlari bo'yicha ma'sul S.E. Kushbakova hamda professor o'qituvchilar, Universitet Xotin-qizlar bilan ishlash bo'limi, talaba qizlar, O'zbekiston ichki ishlar vazirligi akademiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi katta o'qituvchisi, podpolkovnik D.Umaraliyeva, kafedra o'qituvchisi, Mayyor E.Askarova, kafedra o'qituvchisi, kapitan B.Gadaymurodov podpolkovnik D. Utepovlar, Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish, ayollar huquq va erkinliklari to'g'risida davra suhbati bo'lib o'tdi.
✅Tadbir davomida D.Utepov tomonidan ayollarning huquqlarini himoya qilish, oilada nizolarning oldini olish, ularning sha'ni va qadr-qimmatini ulug'lash hamda har qanday zo'ravonliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.