✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Sportda zamonaviy innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
🔺Mazkur anjumanda Universitet jamoasi bilan bir qatorda Germaniyaning Kyoln sport universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Markus Raab, Xitoy Xalq Respublikasi Shandun universiteti dotsenti, janob Syuy Syansyan, Rossiya Federatsiyasining Lesgaft nomidagi milliy davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori, Shiyan Viktor Vladimirovich, Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti professori Ramazan Savranbasi hamda Markaziy Osiyoning bir qator yetuk olimlari shuningdek, Sport vazirligi vakillari Farxod Turdiyev va Muqum Arziqulov hamda Sport akademiyasi vakillari ishtirok etdi.
⏺Anjumanning birinchi qismida Sport vazirligi, universitet rahbariyati va horijdan tashrif buyurgan anjuman ishtirokchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Germaniyaning Kyoln sport universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Markus Raab va Rossiya Fedratsiyasining Lesgaft nomidagi milliy davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori Shiyan Viktor Vladimirovichga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Faxriy professori" unvoni tantanali tarzda topshirildi.
⏺Shundan so‘ng, xalqaro ilmiy anjumanning yalpi dasturi boshlandi. Unda Universitet rektori R.Matkarimov Germaniyalik professor Markus Raab, Turkiyalik olim Ramazan Savranbasi hamda Xitoylik tadqiqotchi Syuy Syansyan o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
🟣 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 70 yilligiga bag‘ishlangan anjumanning madaniy qismida esa O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirza Safarov va ijodkor talaba yoshlar tomonidan ijro etilgan milliy kuy va qo‘shiqlar barchani birdek hushnud etdi.
✔️ Xalqaro ilmiy anjuman sho‘balarga bo‘lingan holda 27-sentabr kuni ham o‘z faoliyatini olib boradi.