🗓2025 yilning 5-6 sentyabr kunlari O‘zbekiston Fijital sport federatsiyasi va O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida universitet sport majmualarida Fijital futbol (FIFA 24 Futbol 5x5), Fijital basketbol (3x3 EA), Lazertag va Just dance yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bahslari o‘tkazilmoqda.
✅Ushbu musobaqada respublikamizning turli tashkilot, idora, davlat va nodavlat tashkilotlardan jami 30 ta jamoa ishtirok etishmoqda. Musobaqani o‘tkazishdan yana bir asosiy maqsadlardan biri bu 2026 yilda Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari – 2026” Xalqaro fijital sport o‘yinlariga iqtidorli sportchilarni saralab olishdir.
✔️Musobaqa 2 kun davom etib, unda g‘olib va sovrindor bo'lgan sportchilar turli nominatsiyalarda esdalik sovg‘alari, medal diplom va Kuboklar bilan taqdirlanishadi.