🎭Teatr – insonni ezguliklar sari yetaklaydi!
🗣Hayotdan saboq beruvchi sanʼat turlari orasida teatrning alohida oʼrni bor. Insonni mushohada va mulohazaga chorlovchi teatr – hayot sahnasi. Negaki, inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʼrni beqiyos. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
✅2025-yil 4-sentabr kuni teatr ibratini har jihatdan chuqur his qilgan universitetimiz Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari hamda bu yil birinchi kursga qabul qilingan talabalardan iborat oliygoh jamoasi birgalikda Oʻzbekiston Davlat Satira teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi ajoyib spektakl namoyishini tomosha qildilar.
🕵️♂️👸Teatr jamoasining mahoratli aktyorlari tomonidan ijro etilgan ushbu spektakl hajviy va lirik voqealar orqali insonni tafakkurga chorlashi bilan talabalarda katta taassurot qoldirdi.