⏺O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining hamkorlikdagi “Olympic” sport klubi vakillik jamoasi sifatida Xitoyda tashkil etilayotgan ikki nufuzli xalqaro yoshlar futbol turnirlarida faol ishtirok etmoqda.
⏺2025 yil 21–28 iyul kunlari Shaoyang shahrida (Hunan provinsiyasi) o‘tkazilayotgan “Qiaoxin Cup” 6-Xalqaro Yoshlar Futbol Turniri va 28 iyul – 3 avgust kunlari Guiyang shahrida (Guizhou provinsiyasi) bo‘lib o‘tadigan “Xing Huo Cup” 2025-Xalqaro Yoshlar Futbol Turniri musobaqalarida universitetimiz vakillari o‘zbek yosh futbolchilarining yuqori salohiyatini namoyish qilmoqda.
💬Turnirlar Guizhou Futbol Assotsiatsiyasi va Xitoy Futbolni Rivojlantirish Fondi tomonidan tashkil etilib, xalqaro va mahalliy futbolchilar o‘rtasida do‘stlik aloqalari va tajriba almashuvini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
✍️Ushbu muhim xalqaro tadbirlar doirasida universitetimiz xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev Xitoyning xorijdagi Xitoy federatsiyasi vitse-prezidenti Shao Cheng bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
🗣Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Xitoy futbol federatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan keyingi yil Ispaniyada rejalashtirilgan “Qiaoxin Cup” 7-Xalqaro Yoshlar Futbol Turnirida O‘zbekiston terma jamoasining ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🔺Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi sport sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yoshlar futbolini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘ldi.