Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga sayohat
Universitetimizning 🎾🏸🏓 Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 1-bosqich talabalari uchun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga sayohat tashkil etildi.
🔤Mamlakatimiz sportining ko‘zgusi hisoblangan Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga sayohat davomida sportchi talabalar O’zbekiston sporti tarixida erishilgan ulkan shonli g’alabalar aks ettirilgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
🗣Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpizm qadriyatlarini hamda "halol o‘yin" tamoyillarini targ‘ib qilishda, O‘zbekiston sportchilarini olamshumul g‘alabalari va mamlakatimizda Olimpiya xarakatini rivojlantirish tarixi to‘g‘risida keng jamoatchilikni bohabar qilishda muhim o‘rin egallaydi. Shu maqsadda muzeyda Vatanimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlari hamda xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritgan g‘alabalarini o‘zida aks ettiruvchi turli mavzudagi ekspozitsiyalar va ko‘rgazmali tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etiladi.
✅O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 2000 dan ortiq eksponat o‘rin egallagan bo‘lib, shundan mingdan ortig‘i doimiy ekspozitsiyaga qo‘yilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, sport anjomlari va kiyim-kechaklari ko‘p miqdorda ko‘rgazmaga qo‘yilgan.