🔺Bugun 5-sentabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kengaytirilgan Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
🗣Kengash yig'ilishi universitet rektori R.Matkarimov raisligida otkazilib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, ta’lim sifatini oshirishdagi muhim mezonlar, ommaviy sportni rivojlantirishda universitetning tutgan o‘rni haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
💬Kengash yig'ilishi davomida ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan bir guruh universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarga tantanali tarzda diplomlar topshirildi.
⏺Shundan so'ng, yurtimizda sport sohasi misolida olib borilayotgan jadal bunyodkorlik va yaratuvchanlik siyosati, universitetda so'ngi ikki yil davomida amalga oshirilgan ishlar va oldindagi vazifalar ijrosiga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi.
📱Tahliliy va pragmatik ruhda kechgan ushbu Kengash yig'ilishida sohaning yetuk olimlari tomonidan soha ilmini yanada rivojlantirish bo'yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
✅Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, ta’lim sifatini oshirishdagi muhim mezonlar, yetakchi olimlarning taklif va tashabbuslar asosida belgilab olingan ustuvor vazifalar universitetning 2025-2026- o'quv yilidagi faoliyati samaradorligi uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.