#xalqaro_etirof
#sport_ilm_fani
So‘nggi yillarda O‘zbekiston sport sohasi nafaqat amaliy, balki ilmiy-innovatsion yondashuvlar orqali ham jahon sport hamjamiyatida munosib e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti olimlari tomonidan olib borilayotgan ilg‘or izlanishlar alohida e’tiborga loyiqdir.
Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor, pedagogika fanlari doktori (DSc), porfessor Soyib Tajibayev boshchiligida, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori Ismoilov G‘anisher, dotsent Xojiyev Shohrux hamda assistent Rejametov Abror tomonidan amalga oshirilgan “oldinga qadam bilan zarba” (forward-step punch) harakatining 3D biomekanik tahliliga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot katta xalqaro qiziqish va e’tirofga sabab bo‘ldi.
Mazkur ilmiy ishlanma dunyoning ilg‘or sport texnologiyalari kompaniyalaridan biri — Ispaniyaning “STT Systems” kompaniyasi tomonidan ham ijobiy e’tirof etildi. “STT Systems” kompaniyasi bu tadqiqotda qo‘llanilgan texnologik yondashuvni, harakat tahlili metodologiyasini va ilmiy natijalarni yuqori baholab, O‘zbekistonning sport biomexanikasi sohasidagi salohiyati yuksalayotganini alohida ta’kidladi. Bu esa O‘zbekiston ilm-fanining sport sohasidagi innovatsion yondashuvlari xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinayotganining yaqqol isbotidir. (https://motio.stt-systems.com/case-studies/how-3d-biomechanical-analysis-optimizes-punching-power-in-boxing-a-revealing-case-study/)