#gimnastika
✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi!
Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur musobaqa nafaqat sportchilarni, balki jismoniy tarbiya sohasidagi barcha mutaxassislarni bir joyga jamladi. Bayramona kayfiyatda o‘tgan tadbirda 70 dan ortiq qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, musobaqada faol ishtirok etdilar.
Musobaqada yakkalik va guruhli chiqishlar bo‘yicha bir-biridan nafis bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Har bir ishtirokchi o‘zining maksimal ko‘rsatkichlarini namoyish etishga harakat qildi. Musobaqa yakunida esa quyidagi sportchi talabalar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildilar:
1- bosqich talabalari o'rtasida
• 🥇1-o'rin Axmadova Visola
• 🥈2-o'rin Rustamova Shaxribonu
• 🥉3-o'rin Kenjayeva Shirin
2-bosqich talabalari o'rtasida
• 🥇1-o'rin Yunusova Madina
• 🥈2-o'rin Saydullayeva Fazoda
• 🥉3-o'rin Navro'zova Nigina
3-bosqich talabalari o'rtasida
• 🥇1-o'rin Abdullayeva Kamila
• 🥈2-o'rin Xudoyberganova Madina, Yusupova Mashxura
• 🥉3-o'rin Azizova Anora
Musobaqada guruhli chiqishlarida
• 🥇1-o’rin 2- bosqich BG 01-23 guruh,
• 🥈2-o'rin 2- bosqich BG 51-23 guruh
• 🥉3-o'rin 3- bosqich BG 51-22 guruh talabalari qo'lga kiritishdi.
Musobaqa nafaqat talabalar uchun, balki badiiy gimnastikaga qiziqadiganlarga katta ilhom manbai bo‘ldi. G‘oliblar va barcha ishtirokchilarga yurtimizda sportni rivojlantirishda qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz!