#talaba_yutuqlari
#iftixor
🏒Joriy yilning 28-fevral sanasida Tailandning Bangkok shahrida boshlangan sportning xokkey turi bo'yicha Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
🇺🇿Unda ishtirok etgan xokkey boʻyicha Oʻzbekiston U18 terma jamoasi III divizion B guruhidagi ishtirokida yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritib, tarixiy gʻalabaga erishishdi. Xususan, sportchilarimiz chempionat davomida Janubiy Afrika Respublikasi (12:0), Lyuksemburg (12:1), Turkmaniston (8:2), Bosniya va Gertsegovina (11:3) hamda hal qiluvchi bahsda Tailand ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
🎉Eng quvonarli tomoni, so‘nggi o‘yinda g‘alaba keltirgan shayba universitetimizning xokkey ixtisosligi talabasi Jasur Rustamxonov tomonidan kiritildi va sportchi talabamiz 5 o‘yinda 22 ochko (14 gol + 8 assist) jamg‘arib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
👏Ofarin Jasur! Barakalla shovvozlar!