#xalqaro_aloqalar
Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasidagi oliy darajadagi ochiq, do‘stona, konstruktiv muloqotlar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini bermoqda. Ayniqsa, ushbu hamkorlik aloqalari ko‘lami ta’lim, fan va madaniyat kabi qator yo‘nalishlarda ham yangi bosqichga chiqib ulgurgan.
Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ham Janubiy Koreyaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, 2024-yilning 15-22 noyabr kunlari universitet delegatsiyasi Koreyaning Kyondong va Woosuk oliygohlarida xizmat safarida bo‘lib, mazkur universitetlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Bugun, ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetga KYUNGDONG universiteti vitse prezidenti LEE YOUNG HOON boshchiligidagi 40 ga yaqin delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari universitet rahbariyati tomonidan munosib kutib olindi. Dastlab, tomonlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda istiqboldagi maqsad va rejalar muhokama qilindi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitetda o‘zbek adabiyotining ikki zabardast vakili Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari milliy kurash sporti bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirish bilan birga, mehmon universitet talabalari tomonidan taekvondo sportidan ko'rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar.
Uchrashuv yakunida esa ikki universitet vakillari o‘rtasida o‘zaro sovg‘alar almashildi.