Joriy yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Magistratura bo‘limi tomonidan Bo‘ka tumanidagi 15-mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun “Sport salomatlik garovi” shiori ostida sport tadbiri hamda “Yoshlar kamolotida sportning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Dastavval Magistratura bo‘limi boshlig‘i Baxrom Musayev, magistrlar Kamoliddin Murzoyev, Baxodir Mirzayevlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan “Yoshlar kamolotida sportning o‘rni” mavzusida suxbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi bolajonlari ishtirokida sport musobaqasi va maxsus master-klass tashkil etildi.
Tadbir so‘ngida universitet maʼmuriyati tomonidan olib kelingan sovg‘alar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga topshirildi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy