#Xushxabar
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan Olmaliqda joriy mavsum gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi vakillari ham ishtirok etishdi.
Voleybol bo’yicha Oʻzbekiston chempionati yakunlariga koʻra, ayollar oʻrtasida oltin medalga Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasi sazovor boʻldi.
Shuningdek, marosimda bir qator nominatsiyalar boʻyicha ham eng yaxshilar taqdirlanishdi.
Unga ko’ra “Eng yaxshi toʻsiq qoʻyuvchi” nominatsiyasida universitetning 2-kurs bakalavriat talabasi Oyatxon Yoqubova, “Eng yaxshi himoyachi” (libero) nominatsiyasida 4-kurs bakalavriat talabasi Gulmira Sultonboyeva, “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyasida 1-kurs magistratura bosqichi talabasi Nodira Sultonboyeva hamda “Eng yaxshi trener” nominatsiyasida Akrom Ummatov (Ayollar jamoalarining eng yaxshi murabbiyi) e’tirof etildi.
Biz ham ushbu g’alabalar bilan universitetining SKUF jamoasini tabriklab, kelajakdagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!