#talaba_yutuqlari
♟2025-yil 25- 26-aprel kunlari Yangi O‘zbekiston universiteti, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Xalqaro shaxmat akademiyasi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston kubogi” nomli shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
✅Shaxmatni ommalashtirish va xalqaro musobaqalar uchun kuchli tarkibni shakllantirishga xizmat qilgan ushbu “Yangi Oʻzbekiston kubogi”da 31 ta jamoa o‘rtasida shiddatli bahslar kechdi.
🏆💰Yakunda barcha raqiblarini ishonchli g‘alabalar bilan ortda qoldirgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti shaxmat yo‘nalishi talabalari Maftuna Bobomurodova, Almas Raxmatullayev, Davron Sharipov, Jamshidbek Aytimbetovdan iborat oliygoh jamoasi musoboqa kubogi, 20 million so‘m pul mukofoti hamda xalqaro shaxmat universiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
👏Shaxmatchi talabalarimizga ofarin!