#talaba_yutuqlari
🤺Joriy yilning 4-aprel kuni poytaxtimizda joylashgan Paxtakor sport majmuasida qilichbozlik sport turi bo‘yicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
✅Mahoratli qilichbozlar qatorida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi qilichbozlik yoʻnalishi talabalari ham munosib ishtirok etib, g‘oliblar safidan joy oldi.
🥇🥇Xususan, chempionatning erkaklar oʻrtasida kechgan yakkalik bahslarida Mirxan Temurov hamda ayollar o‘rtasida Bibimaryam Saparova barcha raqiblaridan ustun kelib, O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga ega chiqdilar.
💐👏Talabalarimizga chempionlik muborak bo‘lsin!