#talaba_yutuqlari
🇵🇪 Peruning Lima shahrida boʻlib oʻtayotgan oʻsmirlar va yoshlar (U17-U20) oʻrtasidagi Ogʻir atletika boʻyicha Jahon chempionatida 🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilishda davom etmoqda.
✅Xususan, terma jamoa a’zosi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Diyorbek Ruzmetov ajoyib natijalar bilan chiqish qildi. 67 kg vazn toifasida qizg‘in bahs olib borgan sportchi talabamiz, dast koʻtarish boʻyicha 139 kg, siltab koʻtarishda 163 kg og‘irlikni bo‘ysuntirdi. Ikki kurash natijasiga ko‘ra, 302 kg ko‘rsatkichni qayd etgan Diyorbek, musobaqani 🥈1 ta kumush va 🥉🥉2 ta bronza medallari bilan yakunladi.
📍Ma’lumot o‘rnida, sportchimiz dast koʻtarish boʻyicha kumush medalga, siltab koʻtarish va umumiy hisobda esa bronza medallariga sazovor boʻldi.
👏👏👏Barakalla Diyorbek!