#TABRIK
AZIZ VA QADRDON SHIFOKORLAR – BARCHANGIZGA “TIBBIYOT XODIMLARI KUNI” BAYRAMI MUBORAK BOʻLSIN!
Hammamizga maʼlumki, 2006-yildan beri noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
Bu yilgi Tibbiyot xodimlari kuni men va universitet jamoamiz uchun oʻzgacha taassurot kasb etmoqda. Buning sabablaridan biri ushbu oʻquv yilidan bizning universitetda ham tibbiyot fakulteti tashkil etilib, 300 nafarga yaqin boʻlajak shifokorlar qabul qilindi.
Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtmoqchimanki, shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, ularning mahorati, malakasi, masʼuliyati insonlarning hayoti va salomatligini asrashda muhim oʻrin egallaydi.
Yurtdoshlarimizni, ayniqsa sportchilarimiz va talaba yoshlarimizning salomatligini asrab-avaylash yoʻlida samarali mehnat qilayotgan tibbiyot sohasi vakillariga minnatdorlik bildirman.
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nomidan siz, azizlarni sharafli kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Mahmudjon BOLTABOYEV,
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya
va sport universiteti rektori, professor