#universitet_hayotidan
#seminar_trening
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Malayziya davlatining Pendidikan Sulton Idris universitetidan tashrif buyurgan til o‘rgatish bo‘yicha instruktori doktor Muhammad Hilmi Che Ahmad tashrifi davom etib, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening mashg‘ulotlarini o‘tishda davom etmoqda.
📆Jumladan, joriy yilning 18-25 sentabr kunlari bir qator seminar-treninglar olib borildi.
👇Quyida ular bilan batafsil tanishishingiz mumkin:
✅18-sentabr kuni dasturga muvofiq universitetning Akademik faoliyat bo‘limi xodimlari ishtirokida “Me’yoriy hujjatlar bilan ishlash jarayonida axborot texnologiyalardan samalari foydalanish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅19-sentyabr kuni qator kafedra talabalariga “Sportda xorijiy til” fanlari bo‘yicha muloqot darslari tashkil etdi va dars mashg‘ulotlari bahs munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
✅20-sentyabr sanasida esa xorijlik mutaxassis Renessans ta’lim universitetida bo‘lib o‘tgan “Yangi renessans istiqbolida filologik-pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Chirchiq shahar pedagogika universitetining Turizm fakultetida fakultetlararo chet tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan “Empowering english Teachers: Developing effective Educational Media Content” mavzusida semenar-trening o‘tkazildi.
✅23-25 sentyabr kunlari Muhammad Hilmi Che Ahmad menejment yo‘nalishidagi ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan talabalarga “Modern menejment method in sports education: giving instructions” hamda “Modern menejment method in sports education: Negotiating” mavzularida noodatiy usulda master-klasslar tashkil qilindi. Talabalarni yanada ko‘proq bilim olishga va xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlari ortishiga undagan ushbu master-klass qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.