🌎2026-yil 23-oktabr kuni Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdagi Kengaş yiğilişi bölib ötdi.
🏆Universitet rektori Raşid Matkarimov raisligida ötkazilgan yiğilişda dastlab 18–24-oktabr kunlari Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida ötkazilayotgan V yozgi Para Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasining iştiroki, sportçilarimiz erişayotgan yutuqlar va qayd etilayotgan rekordlar haqida söz yuritildi.
🇺🇿Mazkur musobaqalarda Özbekiston delegatsiyasi 11 ta sport turi böyiça 149 nafar sportçi bilan qatnaşmoqda. Ularning 77 nafari, ya’ni 52 foizini ayollar taşkil etadi.
⚡️Bu körsatkiç Xançjou-2022 Para Osiyo öyinlariga nisbatan qariyb bir yarim baravar köp. Sportçilarimiz ilk bor para qiliçbozlik, boçça va para kamondan otiş böyiça ham bellaşmoqda.
✅Yiğilişda universitetning 12 nafar talabasi uşbu musobaqada iştirok etayotgani, bugungi kunga qadar 8 nafar talaba hamda 22 nafar bitiruvçi va tadqiqotçilar musobaqalarda ğolib va sovrindorlar qatoridan joy olgani alohida ta’kidlandi.
💼 “PREZIDENT OLIMPIADASI”GA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
📚Kengaş yiğilişida 2026-yil 27-oktabrdan 8-noyabrga qadar maktab öquvçilari örtasida ötkaziladigan “Prezident Olimpiadasi” musobaqasining respublika bosqiçiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Musobaqani yuqori saviyada taşkil etiş maqsadida 3–4-bosqiç talabalari taşkiliy işlar, volontyorlik va hakamlik faoliyatiga, magistrantlar hamda doktorantlar esa ilmiy-tadqiqot işlariga faol jalb etilişi belgilandi.
📚TA’LIM JARAYONINI TAŞKIL ETIŞ BÖYIÇA TOPŞIRIQLAR BERILDI
Şuningdek, “Prezident Olimpiadasi” musobaqasining respublika bosqiçi ötkaziladigan davrda universitetda ta’lim jarayonini masofaviy şaklda taşkil etiş böyiça mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.
📌KENGAŞ YIĞILIŞIDA MUHIM MASALALAR KÖRIB ÇIQILDI
Yiğiliş kun tartibidan quyidagi masalalar örin oldi:
🟣Özbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligining tegişli hujjatlari ijrosini ta’minlaş, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş sifatini oşiriş;
🟣tanlov işlarini körib çiqiş va professor-öqituvçilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etiş;
🟣universitetni nufuzli xalqaro reyting taşkilotlarining TOP-1000 taligiga kiritiş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar;
🟣universitetda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarining holati.
📈Kengaş yiğilişida belgilangan vazifalar universitetda ta’lim va ilm-fan sifatini oşiriş, sport sohasidagi faoliyatni yanada takomillaştiriş, xalqaro reytinglardagi örinni mustahkamlaş hamda mamlakatimizda yirik sport tadbirlarini samarali taşkil etişga qaratildi.