🗣O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 37 yil to‘lishi munosabati bilan Sport psixologiyasi, pedagogika va tillar kafedrasi tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti miqyosida “37 qadam” loyihasi tashkil etildi.
➡️Ma'lumki, dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllangan deb hisoblanadi. Shu 40 ta til orasida o‘zbek tilining ham mavjudligi har birimizning qalbimizda ona tilimizga nisbatan faxr, iftixor tuyg‘usini uyg‘otishi lozim.
✔️O‘zbek tili o‘zining rivojlanish tarixida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. Ajdodlarimizning ulkan aqliy salohiyati bilan yaratilgan asarlar, ularda ifodalangan purhikmat fikrlar, ta’lim-tarbiyaviy qarashlar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Xo‘sh, jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari, yoshlar bu boyliklardan qanchalik xabardor? “37 qadam” loyihasi ana shuni aniqlash maqsadda tashkil etildi.
📌 Loyiha doirasida universitet hududiga asosiy kirish joyi erta tongdan bayramona bezatildi, o‘zbek tili, ona-Vatan to‘g‘risidagi qo‘shiqlar yangradi. Tashkil etilgan bekatlarda talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘zbek tili va adabiyotiga doir turli savollarga javob berib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
📱So‘nggi bekatda esa badiiy adabiyotlar shaklida sovg‘alar olishga muvaffaq bo‘ldilar.