🇺🇿Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-son qarori ijrosini ta’minlaş hamda adaptiv sport turlarini rivojlantiriş maqsadida «Özbekiston maxsus olimpiadasi» respublika sport jamoat birlaşmasi va Universitetning adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi örtasida hamkorlik memorandum asosida Universitetda adaptiv mini-futbol böyiça sport tadbiri ötkazildi.
👦2026-yil 22-oktyabr kuni Universitetda adaptiv mini-futbol böyiça qöşma maşğulot sport musobaqasi ötkazildi.
✔️Mazkur tadbir Universitetning “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport” hamda «Futbol va qişki sport turlari nazariyasi va uslubiyati» kafedralari hamkorligida, adaptiv sport turlarini rivojlantiriş va ommalaştiriş maqsadida taşkil etildi.
✅Tadbirda Çirçiq şahridagi 23-son ixtisoslaştirilgan maktab öquvçilari, Universitet talabalari, magistrantlari hamda professor-öqituvçilari iştirok etdi.
🟡Sport uçraşuvining asosiy maqsadi jismoniy imkoniyati çeklangan bolalarni sportga keng jalb etiş, ularning jismoniy faolligini oşiriş, mini-futbolga bölgan qiziqişini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, iştirokçilar örtasida döstlik, hamjihatlik va jamoaviy hamkorlik muhitini mustahkamlaşdan iborat böldi.
📑Tadbirni yuqori saviyada taşkil etiş va ötkazişda Universitet talabalari volontyor sifatida faol iştirok etdilar. Ular taşkiliy jarayonlarda kömaklaşib, iştirokçilarni kutib oliş, ularni yönaltiriş va sport uçraşuvining samarali taşkil etilişiga munosib hissa qöşdilar. Talabalarning faolligi va taşabbuskorligi tadbirning uyuşqoqlik bilan ötişiga, iştirokçilar uçun döstona va qulay muhit yaratilişiga xizmat qildi.