Bugun özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil töldi. Şu munosabat bilan Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Qadring baland bölsin, ona tilim!” mavzusida adabiy keça taşkil etildi.
Bayram tadbirini universitetning Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori Şerzod Mirzanov kiriş sözi bilan oçib, yiğilganlarni Özbek tili bayrami bilan samimiy tabrikladi. Şuningdek, ona tilimizning milliy özligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni asrab-avaylaşdagi beqiyos ahamiyatiga alohida töxtalib ötdi.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar özbek tilining jozibadorligi, uning xalqaro miqyosdagi örni va nufuzini yuksaltiriş, yoş avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda tilimizning jamiyat hayotidagi mavqeini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Şuningdek, “Döstlik uçraşuvi” doirasida taşkil etilgan intellektual öyinlar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlarda faol iştirok etgan oliy ta’lim muassasalari professor-öqituvçilari, jamoa a’zolari hamda talabalarga Nukus filiali direktori nomidan diplomlar, minnatdorlik xatlari va esdalik sovğalari topşirildi.
Bayram keçasi filial talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qöşiqlar va badiiy çiqişlarga boy konsert dasturi bilan davom etdi.
Ona tilimiz — milliy ğururimiz, ma’naviy boyligimiz va özligimiz timsolidir!