#seminar
Joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti bilan hamkorlikda Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi tomonidan o‘tkaziladigan "Oliy taʼlimda kibersport" nomli seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda onlayn tarzda P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti vakillari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev, kafedra professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida kibersport yo‘nalishida olib boriladigan o‘quv-mashg’ulotlarni tashkil etish va fan dasturlarining mazmuni hamda sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha fikrlar almashildi. Shuningdek, kibersport turlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimlariga ham to‘xtalib o‘tildi.