#tashrif
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Malayziya davlatining Pendidikan Sultan Idris universiteti Vitse-kansleri, professor Amin Taff boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Dastlab, delegatsiya vakillari bilan universitet rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki oliy ta’lim muassasasining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumotlar berilib, tomonlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi hamda xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Tashrif yakunida esa faxriy mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi va oliygoh rektori Rashid Matkarimov hamrohligida universitetdagi mavjud sport inshootlari, ilmiy laboratoriyalar, markazlar faoliyati hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar yaqindan tanishtirildi.