#Meningkonstitutsiyam
#seminar_trening
Bugun ana shu mavzuda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport o‘yinlari fakulteti tashabbusi bilan talaba-yoshlar uchun Toshkent viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar tumanlararo sudining sudyalari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminar-treningda mutaxassislar va fakultet mas’ullari tomonidan Konstitutsiya va qonun ustuvorligi hamda yangi tahrirdagi Qomusimiz tom ma’noda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalashga xizmat qilishi, shuningdek, yoshlarga tegishli bir qator normalarning mazmun-mohiyati haqida zaruriy ma’lumotlar berildi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda tadbir mehmonlariga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.