#xalqaro_e’tirof
Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari Moskva davlat sport va turizm universitetida “Jismoniy tarbiya, sport, turizm va mehmondo‘stlikni rivojlantirishning hozirgi tendensiyalari, muammolari va yo‘llari“ mavzusida XVII Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda onlayn tarzda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Boltabayev Mahmudjon Rustamovich – sport ta’lim sohasi hamda mustahkam xalqaro aloqalar yuksalishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun Moskva davlat sport va turizm universitetining “Faxriy professor” unvoni bilan taqdirlandi.