#talaba_yutuqlari
#xushxabar
Joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari Braziliyada velosiped sport turidan "Grand Tour de Ciclismo de SC Femenina" USI xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston milliy terma jamoa velosipedchi sportchilari sovrindorlar safidan joy olish bilan birga, Parij–2024 Olimpiada o‘yinlari uchun muhim ochkolarni jamg‘arishdi.
Eng Quvonarlisi, ularning orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining velosport ixtisosligida taʼlim olayotgan talabalari Margarita Misyurina 🥈2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Shaxnoza Abdullayeva 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu natijalar bilan sportchi talaba-qizlarimiz Parij–2024 yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim xalqaro reyting 📈 45 ochkosini milliy terma jamoa hisobiga yozib qo‘yishdi!