#tayinlov
Joriy yilning 6-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenges Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikromovlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Erimbetov Bayrambay Karlibayevich – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, Haydarov Rustam Maratovich esa - filial direktori o‘rinbosari lavozimlariga tayinlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda mahoratli sportchilar safini ko‘paytirish va ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.