#xalqaro_anjuman
Qirg‘izistoning Issiq-ko‘l viloyatida joriy yilning 4-8 sentyabr kunlari “Universitet sporti: millatning salomatligi va farovonligi” mavzusidagi talabalar va yosh olimlarning XII Xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bir guruh talabalari hamda yosh olimlari o‘z ilmiy maqollari bilan faol ishtirok etishdi.
Aytish joizki, XII Xalqaro anjumanda ekspertlar xulosasi orqali 10 ta eng yaxshi maqola tanlandi. Eʼtiborlisi, ekspertlar eʼtirof etgan ilmiy nashrlar qatorida universitetmizning uch nafar a'zosi, xususan doktarant Shukurjon Gaziyev, magistrant Aziza Igamberdiyeva va iqtidorli talabamiz Durdona Xolmurodovalarning ham ilmiy maqolalari alohida eʼtirof etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Baxrom Musayev hamda Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulnoza Zoitova xalqaro anjumanda faol ishtiroki uchun maxsus diplom bilan taqdirlandi.