Abituriyentlarning ota-onalariga imtihon jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023-2024-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.
Ushbu imtihon jarayonlariga abituriyentlar bilan birga kelgan ota-onalar va yaqin qarindoshlari bilan universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov suhbatlashdi.
Suhbatda so‘ngi yillarda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishdagi o‘zgarishlar va yangiliklar, abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, abituriyent va ularning ota-onalaridan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda korrupsion holatlar kuzatilsa zudlik bilan tegishli tashkilot va rahbar xodimlarga xabar berishlari so‘raldi.