Xabaringiz bor joriy yilning 29 mayidan 4 iyun kuniga qadar Ozarbayjon poytaxtida taekvondo WT bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Mahoratli taekvondochimiz, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Feruza Sodiqova ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi. Talabamiz Boku shahrida bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligida ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Maʼlumot o‘rnida -62 kg vazn toifasida qatnashgan Sodiqova yarim final jangida braziliyalik Kerolayn Santos bilan jang qilib, imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija unga bronza medali bilan bir qatorda jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qildi.