Ermatov Sherzod Saidovichning 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ishonchli va informativ testlardan foydalanish orqali iqtidorli bolalarni futbolga tanlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi (pedagogika fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi 2023-yil 29-may kuni soat 12:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 111709, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19- uy. «B» bino kichik majlislar zali Tel.: (0-370)-717-17 79, 717-27-27, faks.: (0-370) 717-17-76; e-mail: info@jtsu.uz