Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov Kurash fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda prorektor talabalarga kurash sport turiga kiritilayotgan yangi qonun-qoidalar, o‘zbek kurashining bugungi kunda xalqaro miqyosda tutgan o‘rni haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson manfaatlariga xizmat qilishi hamda yoshlarimizning bunday beqiyos shart-sharoitlardan doimo unumli foydalanishlari zarurligi alohida qayd etildi.
So‘zining yakunida esa birinchi prorektor talabalarga har bir sportchining marrani baland olishi, g‘alaba sari tashlangan muhim qadam ekanligini hamisha yodda tutishlarini aytib o‘tdi.