Joriy yilning 3-8 may kunlari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida U-21 o‘smirlar o‘rtasida chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Unda Respublikamizdagi mavjud viloyat terma jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Ahamiyatlisi, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalaridan iborat Toshkent, Andijon va Samarqand viloyati jamoalari bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahslarda yuqori natijalarni qayd etishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin: Andijon viloyati jamoasi;
2-o‘rin: Samarqand viloyati jamoasi;
3-o‘rin: Toshkent viloyati terma jamoasiga nasib etdi.